Bolalar uchun atalgan ushbu sovg`a kitoblar Xalq ta`limi vazirligi, YuNISEF, Moliya vazirligi hamda “Mahalla” jamg`armasi tomondan hukumat dasturi doirasidagi “Sog`lom ona va bola yili” munosabati bilan nashr etiladi, deya xabar berdi “UT” nashri.
Kitoblar majmuasiga ettita hikoyalar va ertaklar to`plami, ota-onalarga bolalarni maktabga tayyorlash uchun metodik tavsiyanomalar kiritilgan. Kitoblar ota-onalar, bolalar bog`chasiga bormaydigan bolalar uchun mo`ljallangan.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 3330 AQSh dollari ajratish ko`zda tutilgan.





