AsosiyJamiyat

Yirik davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarish boshlandi

'Yirik davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarish boshlandi'ning rasmi

“Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida” 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son Farmon bilan davlatning bir qator yirik aktivlarini xususiylashtirish belgilangan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati mazkur farmonga muvofiq, quyidagi davlat aktivlarini yangicha, zamonaviy usullar orqali sotish bo`yicha savdolar boshlanganini e`lon qildi:

“Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi, “Ichan qal`a” mehmonxona majmuasi, “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskani, “Sijjak” dam olish maskani, “Qizil suv sport sog`lomlashtirish” MChJ, “Malika” savdo va maishiy xizmat ko`rsatish majmuasi, “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”, “Ma`muriy bino” (Sobiq Respublika birja markazi).

Davlat aktivlarini sotish ishlari Davlat tender komissiyasi tomonidan amalga oshirilib, savdolar ikki bosqichda o`tkaziladi.

Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanadi, ikkinchi bosqichda, talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to`lovni amalga oshirish muddati) hamda to`lov qobiliyati baholanadi.  

    Boshqa yangiliklar