AsosiyJinoyat

O`rta Chirchiqda voyaga etmagan qizaloqni zo`rlagan shaxs qamoqqa olingani ma`lum qilindi

'O`rta Chirchiqda voyaga etmagan qizaloqni zo`rlagan shaxs qamoqqa olingani ma`lum qilindi'ning rasmi

Xabaringiz bor, sal avval  O`rta Chirchiq tumanida 14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar jazosiz qolayotgani va ushbu holatni Senat o`z nazoratiga olgani haqida xabar qilgan edik. Shuningdek, mazkur jinoyat ishi yuzasidan prokuratura organlari va viloyat IIBB nazoratida tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilingan edi. 

O`zAda tergov jarayoni qanday ketayotgani haqida xabar berildi. 

Ma`lum bo`lishicha, Toshkent viloyati prokuraturasi nazorat qilib borayotgan tergov jarayonida voyaga etmagan qizaloqning nomusini bulg`agan shaxsga qo`yilgan ayblov o`zgartirildi.  

Eslatib o`tamiz, avval bu ish bo`yicha  O`rta Chirchiq tumani prokuraturasi tomonidan 2020 yil 30 sentyabrda Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tuman ichki ishlar bo`limi tergov bo`limiga yuborilgan.

Bu modda - o`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, deb nomlanadi.  

Surishtiruv natijasiga ko`ra, ayblanuvchi shaxslar aniqlanmaganligi asosi bilan jinoyat ishi 2020 yil 30 oktyabrda JPKning 1-qismi 1-bandiga asosan to`xtatilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari jabrlanuvchi tomonning sa`y-harakati bilan 2021 yil 13 fevralda tiklangan.  

2021 yil 17 mart kuni, ya`ni maqola e`lon qilinganidan bir kun o`tib gumonlanuvchi A.X. Jinoyat-prosessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan.  

2021 yil 18 mart kuni A.X. Jinoyat kodeksining 118-modasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilindi.  

Bu moddaning mazmuni esa nomusga tegish, ya`ni zo`rlik ishlatib, qo`rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish bilan bog`liq.  

Gumonlanuvchini qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash haqida sudga kiritilgan iltimosnoma qanoatlantirildi. Jinoyat ishlari bo`yicha O`rta Chirchiq tumani sudining 2021 yil 19 martdagi ajrimi bilan A.X.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi.  

Hozirda jinoyat ishlari bo`yicha tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov jarayonida ushbu ish bo`yicha maqola yozilishiga sababchi bo`lgan Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi psixologi javbrlanuvchi qizaloq bilan birga ishtirok etmoqda.  

Mazkur markaz psixologlari qattiq ruhiy zarba olgan, tushkunlikka tushgan qizaloq bilan muntazam muloqot qilib, uni hayotga to`laqonli qaytarish ustida ish olib borayapti.    

 

    Boshqa yangiliklar