AsosiyJamiyat

Namangandagi bog`chada 6 yoshli bola issiq suvdan kuyib vafot etdi

'Namangandagi bog`chada 6 yoshli bola issiq suvdan kuyib vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga etmagan U.U.Xoshimovning ehtiyotsizligi oqibatida kuyib vafot etganligi haqida xabarlar va video lavhalar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, Davlatobod tumani maktabgacha ta`lim bo`limi tasarrufidagi  31-sonli ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotida tarbiyalanayotgan, 2015 yilda tug`ilgan Xoshimov Ulug`bek Umarxon o`g`li 05.02.2021 yil kuni o`zining ehtiyotsizligi natijasida muassasa issiq suv tizimidagi issiq suv jumragini ochib yuborishi natijasida 2-darajali 65% kuyish tan jarohatini olib, viloyat ko`p tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.  

Voyaga etmagan U.U.Xoshimov 27-fevral 2019 yildan buyon ushbu muassasada aqliy rivojlanishi orqada qolish tashxisi bilan tarbiyalanayotganligi ma`lum bo`lgan.  

Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan voyaga etmagan fuqaro U.Xoshimov kuyish natijasida olgan tan jaroxatlari oqibatida 2021 yil 24 fevral kuni vafot etgan.  

Namangan viloyat STEBning 24.02.2021 yilgi 70-sonli xulosasida, marhum U.Xoshimovning o`limi - qaynoq suvdan bosh, yuz va tananing boshqa qismlarining 2,3-darajali 70% kuyishi asorati natijasida poliorgan yurak qon-tomir etishmovchiligi natijasida o`limga olib kelganligi va murda tanasida kuyishdan boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko`rsatilgan.  

Mazkur holatga tergov yo`li bilan baho berish zaruriyati tug`ilganligi sababli, O`zb. Res. JKning 116-moddasi 3-qismi, 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Natijalari haqida ma`lum qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar