Shu kunlarda “Jizzax viloyati Zomin tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi rahbarining o`z xodimlariga nisbatan xaqoratomuz va qo`pol munosabati” deb tarqatilgan audioyozuv ijtimoiy tarmoqlar hamda jamoatchilik orasida keng muhokama qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Q.Burxanov tomonidan mazkur holat bo`ycha qonuniy echim topishi nazoratga olindi. Ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 15 kun muddatda o`rganib chiqib, qonuniy qaror qabul qilishni so`rab murojaat xati yuborildi.
Tekshiruv natijasi bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.






