1

AQSh hukumati Guantanamo qamoqxonasini yopish rejasini e`lon qildi

Dunyo 23.02.2016, 22:59
AQSh hukumati Guantanamo qamoqxonasini yopish rejasini e`lon qildi

AQSh hukumati Kuba davlati hududida joylashgan Guantanamo qamoqxonasini yopish rejasini e`lon qildi, deya xabar berdi “gazeta.ru” nashri.

Qamoqxonada jazo muddatini o`tayotgan 91 ta mahbus, jazoning qolgan qismini AQSh qamoqxonalarida o`tashi ko`zda tutilgan. Ularning 35 tasi shu yozda AQShga ko`chiriladilar. Qolgan mahbuslarga hali ayblov e`lon qilinmagani va xavfli residevistlar bo`lganliklari uchun hozircha ko`chirilmaydi. AQSh hukumatining aytishicha, bu qamoqxonani ta`minlash uchun yiliga 445 million AQSh dollari sarflanib kelgan.

Guantanamo qamoqxonasini yopish ortiqcha sarf-xarajatlarni tejab, mamlakat iqtisodiga salmoqli foyda keltiradi. 2003 yilda bu qamoqxonada 680 ta mahbus jazo muddatini o`tagan bo`lsa, Barak Obama prezident bo`lgandan keyin ularning soni 245 taga ko`paydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1