O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, O`zbekistonda aprel oyi ob-havoning beqarorligi bilan ajralib turadi. Odatda momaqaldiroq va shiddatli shamol bilan yomg`ir tez-tez yog`adi. Respublikaning shimoli, janubining eng chekkasi va cho`l hududlarida oy uchun o`rtacha 5 kundan 8 kungacha, tog`larga yaqinroq hududlarda 9-13 kungacha yog`ingarchilik bo`ladi.
O`zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida turli xil aprel oylari kuzatilgan. Ekstremal quruq yoki yog`ingarchilik umuman bo`lmagan yoki ularning oylik miqdori me`yordan 10% dan ko`p bo`lmagan. Bir oy davomida yog`ingarchilik me`yordan 3-5 marta ko`p bo`lgan.
Shunday qilib, Toshkentda 1975 yilning aprel oyi eng quruq yil bo`lgan. Yog`ingarchilik atigi ikki marta yog`gan va ularning miqdori 2 mm ni tashkil etgan, bu aprel oyi me`yorining 3 % ini tashkil etadi. 1990 yilning aprel oyi eng nam yil, bunda bir oyda yog`ingarchilik oylik me`yordan 300% atrofida bo`lgan, yog`ingarchilik kuzatilgan kunlar soni 19 kunni tashkil etgan.
Meteorologik kuzatuvlarning butun tarixida kecha-kunduz uchun yog`ingarchilik bo`yicha rekordchi 2009 yilning 8 aprel kuni bo`lgan. Ushbu kunda Toshkentda 65 mm yomg`ir yog`gan, bunda aprel oyining oylik me`yori 62 mm ni tashkil etgan.
Odatda aprel oyining harorat foni ham beqaror bo`ladi. Havoni jadal isishi, qisqa muddatga haroratni sovuq darajasigacha pasayishi, deyarli sovuq bilan almashinishi mumkin. O`zbekiston aholisi o`tgan yilgi aprel oyining birinchi o`n kunligi oxirida qor yog`ganini, bunday qor hatto qishda ham yog`maganini eslasa kerak.
Sinoptiklar prognozlariga ko`ra, bu yilning aprel oyi iliq bo`ladi, hududlarning ko`p qismida odatdagidan 1-2° ga iliqroq bo`ladi.
Yakshanba kuni 4 aprelda va dushanbaga o`tar kechasi O`zbekiston hududi bo`yicha yomg`ir yog`ib o`tdi, tog` oldi va tog`li hududlarda kuchli bo`ldi, baland tog`larda yomg`ir qorga aylandi.
Bugungi kundan boshlab va oyning o`rtasigacha respublika bo`yicha asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari 6-11° iliq, kunduz kunlari 19-24° iliq atrofida bo`ladi. Respublikaning shimoliy, janubiy va cho`l hududlarida oyning birinchi o`n kunligida havo harorati kunduz kunlari 26-29° gacha ko`tariladi.
Oyning ikkinchi o`n kunligida harorat kechalari 10-15° iliq atrofida, kunduz kunlari esa harorat 20-25° iliqdan 25-30° gacha o`zgarib turadi.
Umuman olganda, joriy yilning aprel oyida yog`ingarchilik me`yordan kam bo`lishi kutilmoqda, ammo ba`zi kunlarda shiddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Kuchli toshqin yomg`irlar respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel toshqinlarni vujudga keltirishi mumkin, baland tog`larda qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.
06.04.2021 08:30
Sinoptiklar O`zbekistonda aprel oyida ob-havo qanday bo`lishi haqida xabar berdi
