AsosiyJamiyat

Kambag`al va ishsiz fuqarolarga oid yangi qaror qabul qilindi

'Kambag`al va ishsiz fuqarolarga oid yangi qaror qabul qilindi'ning rasmi

Endilikda O`zbekistonda vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatga olingan fuqarolar ish qidirayotgan shaxs sifatida ro`yxatga olinishi mumkin. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5 aprel kuni qabul qilingan “Kambag`al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o`qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shtimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida so`z boradi.  

Qarorga ko`ra, 2021 yil 10 apreldan:

•    Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazi MChJ Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi;

•    Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq:

•    jamoat ishlarida ishtirok etayotgan va bandlikni rag`batlantiruvchi subsidiyalar ajratilayotgan fuqarolarning biometrik avtorizasiya hamda GPS-trekking tizimlari joriy etiladi;

•    mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish maqsadida autsorsing shartlarida psixologik mutaxassislar jalb etiladi.

Hududda vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatga olingan hamda vaqtincha yashash joyiga ega bo`lgan fuqarolar ish qidirayotgan shaxs sifatida ro`yxatga olinishi mumkin.

Shuningdek, 2021 yil 1 mayga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida aholi bandligiga ko`maklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va abkm.mehnat.uz tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situasion tezkor markaz tashkil etiladi.  

Qaror bilan shuningdek, “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo`yicha nodavlat ta`lim tashkilotlari o`rtasida ochiq tanlov o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar