AsosiyJamiyat

Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik liseyi faoliyati tugatiladi

'Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik liseyi faoliyati tugatiladi'ning rasmi

2021 yilda lisey o`quvchilarining ta`lim jarayoni tugaganidan so`ng, Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik liseyi faoliyati to`xtatiladi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati boshlig`i, Mayor Timur Narziev ma`lum qildi. 

Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik liseyi 37 yillik tarixga ega bo`lib, u dastlab 1984 yilda Respublika (O`zbekiston SSR) rus tili va jismoniy tarbiya fanlarini chuqurlashtirilgan o`rgatishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati deya tashkil etildi.

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 22 maydagi “Harbiy akademik liseylar faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida”gi PQ-641 sonli qarori asosida harbiy kasbga yo`naltirilgan lisey bazasida 2007 yil 8 iyundagi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 131-sonli hamda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 5-sonli, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 6 iyundagi 
01-145-sonli qo`shma qarori asosida 450 o`rinli Harbiy yuridik yo`nalishdagi Urganch akademik liseyi tashkil etilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi PF-5106-sonli farmonining 9-bandida respublikaning barcha harbiy akademik liseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berilgach, ushbu muassasa Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademk liseyi deya nomlandi.

Hozirgi kunda Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyida 23 nafar o`qituvchi-pedagoglar, 37 nafar ishchi-xizmatchilar va 10 nafarga yaqin xarbiy xizmatchilar jami 70 nafarga yaqin shaxsiy tarkib ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Lisey o`quvchilari 2016-2020 o`quv yillarida oliy harbiy hamda oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish bo`yicha quyidagi ko`rsatkichilarni qayd etgan:

2016-2017 o`quv yilida bitiruvchilar soni 133 nafar bo`lib shundan 
22 nafar o`quvchi oliy o`quv yurtlariga o`qishga qabul qilingan 16.54 %.

2017-2018 o`quv yilida bitiruvchilar soni 133 nafar bo`lib shundan 
42 nafar o`quvchi oliy o`quv yurtlariga o`qishga qabul qilingan 31.58 %.

2018-2019 o`quv yilida bitiruvchilar soni 269 nafar bo`lib shundan 129 nafar o`quvchi oliy o`quv yurtlariga o`qishga qabul qilingan 47.96 %.

2019-2020 o`quv yilida bitiruvchilar soni 150 nafar bo`lib shundan 119 nafar o`quvchi oliy o`quv yurtlariga o`qishga qabul qilingan 79.33 %. 

2019-2020 o`quv yillarida bo`lib o`tgan matematika va fizika fanlari bo`yicha lisey o`quvchilari xalqaro olimpiadalarda  sovrinli 2-3 o`rinlarni egallab kelgan. 

2019 yilda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseylari o`rtasida bo`lib o`tgan “Amir Temur avlodlari” boks bo`yicha musobaqada lisey jamoasi 1-o`rinni egalladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O`smirlarni harbiy - vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmatlari uchun kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4375-sonli qarorning 6-bandi talablariga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-yuridik yo`nalishdagi Urganch akademik liseyi faoliyatini to`xtatish hamda uning binolari (inshootlari) va unga tutash hududlari 2019/2020 o`quv yilida o`qishga kirgan o`quvchilar amaldagi o`quv dasturi bo`yicha o`qishni yakunlagandan so`ng o`rnatilgan tartibda  Xorazm hokimligiga topshirish belgilangan. 

Yuqoridagi qarorga asosan, 2021 yilda lisey o`quvchilarining ta`lim jarayoni tugaganidan so`ng, Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik liseyi faoliyati to`xtatiladi.

 

    Boshqa yangiliklar