2021-yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni "Toshkent - Moskva - Toshkent" yo`nalishi bo`yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" ma`lum qildi.
Mazkur yo`nalish bo`yicha uchishdan oldin 3 kalendar kunidan oshmagan holda PZR-test (rus yoki ingliz tilida) o`tkazish talab qilinadi. Mazkur reysga O`zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiya Hukumatining 16.03.2020-yildan 635-p farmoyishi asosida Rossiyaga kirishga cheklov qo`yilmagan, O`zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.
Kompaniya tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, fuqarolardan chiptalarni tezlashtirib xarid qilish xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat etmasligingizni so`ramoqda. Chiptada ko`rsatilgan va to`lagan narxni taqqoslash tavsiya qilinmoqda. Aviakompaniyaning rasmiy saytida xarid qilingan chipta uchun 3 foizli chegirma amal qiladi!