AsosiyShou-biznes

Rayhonning konsertiga start berildi(Foto)

23 fevral kuni “Istiqlol” san`at saroyida xonanda Rayhon G`anievaning besh kun davom etadigan shou-konsert dasturi boshlandi. 

“Shov-shuv”sayti konsert dasturidan fotoreportaj tayyorladi. Nashrning ma`lum qilishicha, bu yilgi konsert xonanda ijodidagi 13-konsert hisoblanadi. 

Birinchi blokda Rayhon Kleopatra ko`rinishida namoyon bo`ldi. Fir`avnlar, Kleopatra  taxti, mumiyalar raqsi hamohangligida xonanda “Sening sevging” qo`shig`ini ijro etdi.

Keyingi bloklarni esa nashr shartli ravishda “London ilhomlari”, “O`zbek”, “Qora shlyapali xonim”, “Braziliyaning qizil hislari” deya nomladi.

Rayhon konsertining birinchi kuni kutilmagan sahnalarga, o`ziga xos dekorasiyalarga boy tarzda o`tgan.

        

    Boshqa yangiliklar