AsosiyJamiyat

Adliya vazirligining ikki xodimi Prezident Administrasiyasidagi mas`ul lavozimga tayinlandi

'Adliya vazirligining ikki xodimi Prezident Administrasiyasidagi mas`ul lavozimga tayinlandi'ning rasmi

Adliya vazirligining ikki xodimi Prezident Administrasiyasidagi mas`ul lavozimga tayinlandi. Bu haqda darakchi.uz'ga Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Xudaybergenov Alibek Alisherovich Prezident farmoyishiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti etakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.

A. Xudaybergenov 1991 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida tug`ilgan, ma`lumoti oliy, 2012  yilda Qoraqalpog`iston davlat universitetini bakalavriat, 2014 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura bosqichini tamomlagan.  

A. Xudaybergenov o`z mehnat faoliyatini 2014 yilda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti katta mutaxassisi lavozimida boshlagan.  

A. Xudaybergenov Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini 2018 yil Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2020 yildan hozirgi vaqtga qadar vazirlikning  Tartibga solish ta`sirini baholash boshqarmasi bo`lim boshlig`i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Xudaybergenov Alibek Alisherovichni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ma`lumot uchun: 2018 yildan bugunga qadar jami 16 nafar vazirlik markaziy apparati xodimlari Prezident Administrasiyasi mas`ul lavozimlarga tayinlangan.

Xojanyazov Otabek Ruzimatovich Prezident farmoyishiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti etakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.

O. Xojanyazov 1990 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, ma`lumoti oliy,  

2012  yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavriat, 2014 yilda magistratura bosqichini tamomlagan.  

O. Xojanyazov o`z mehnat faoliyatini 2015 yilda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2021 yil boshidan hozirgi vaqtga qadar vazirlikning  Qonun hujjatlarini tahlil qilish va tizimlashtiri boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Xojanyazov Otabek Ruzimatovichni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ma`lumot uchun: 2018 yildan bugunga qadar jami 16 nafar vazirlik markaziy apparati xodimlari Prezident Administrasiyasi mas`ul lavozimlarga tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar