AsosiyJamiyat

“O`zbekkino” Milliy agentligi O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi

'“O`zbekkino” Milliy agentligi O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kino san`ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni e`lon qilindi. “O`zbekkino” Milliy agentligi O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlanadi.

 Farmonga ko`ra, “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali ta`sis etiladi va 2021 yildan boshlab muntazam o`tkazib boriladi.

 O`zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi.

Kinematografiya yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarni qo`llab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasi ta`sis etiladi.

“Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimoti har yili an`anaviy ravishda o`tkazib boriladi.

 “Kinematografiya fidokori” ko`krak nishoni ta`sis etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar