Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy mamlakatda bo`lish maqomi paydo bo`ladi. Bunday choralar "Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning kirish (chiqish) va mamlakatda bo`lish (yashash) shartlari to`g`risida"gi qonun loyihasida nazarda tutilgan.
“Uchta asosiy migrasiya maqomi joriy etilmoqda: mamlakatda qisqa muddat bo`lish (90 sutkagacha), uzoq muddat bo`lish va doimiy yashash, uning doirasida chet el fuqarolari Rossiya Federasiyasi hududida qonuniy ravishda yashashlari mumkin", - deb javob berishdi Rossiya IIV Sputnik O`zbekiston so`roviga.
Migrantlarning farzandlari, agar ota-onalari Rossiyada ishlasa, uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin.
Bundan tashqari, chet elliklar Rossiya fuqaroligini olish uchun yashash guvohnomasini olishlari kerak. O`z navbatida, yashash guvohnomasi kvota doirasida olingan vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi mavjud bo`lganda beriladi. Yangi qonun kuchga kirgach, doimiy yashash asosiy migrasiya maqomiga aylanadi va kelgusida chet elliklarga Rossiya fuqaroligini olish uchun davogarlik qilish imkoniyatini beradi.
IIV ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil yanvar-fevral oylarida 1 million 84 ming fuqaro migrasiya hisobiga olingan, bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kam.
Mavzuga doir: