Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Xitoy Xalq Respublikasining “Tianjin Kaiteng Investment group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Viloyat hokimi hamda kompaniya vakili, professor Van Venji o`rtasida o`tgan muzokaralarda Nurafshon shahrida restoran, ofis binolarini qurish hamda o`rdakchilik klasterini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Uchrashuv davomida tomonlar qishloq xo`jaligida ishlab chikarishni tashkil etish maqsadida, mahalliy mahsulotlardan ozuqa etishtirishni rivojlantirish borasidagi takliflarni bildirdi.
Qurilish ishlari uchun 2 gektar er maydoni ajratilishi ko`zda tutilgan bo`lib, loyihani 2021-2022 yillarda to`liq amalga oshirish rejalashtirilgan.
Uning umumiy qiymati 6 million AQSh dollarni tashkil etadi. Loyiha to`liq ishga tushgach 100 dan ortiq ish o`rinlari yaratiladi. O`rdakchilik klasterida yiliga 50 mingta Pekin o`rdaklari etishtiriladi.
Muzokaralar natijasida Tianjin Kaiteng Investment group” kompaniyasi vakillari loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish ko`zda tutilgan hudud bilan tanishdi.