AsosiyJamiyat

Joriy yilda tadbirkorlarda energiya ta`minoti va boshqa infratuzilma bilan bog`liq muammolar bo`lmasligi kerak — Prezident

'Joriy yilda tadbirkorlarda energiya ta`minoti va boshqa infratuzilma bilan bog`liq muammolar bo`lmasligi kerak — Prezident'ning rasmi

Bu yil elektr quvvati past bo`lgani bois, respublikada infratuzilmadagi muammolar tufayli, 320 ta tadbirkor so`nggi 2 yilda import qilgan 220 million dollarlik asbob-uskunalarini ishga tushira olmagan, deya Prezident videoselektori yig`ilishidan ma`lumotlarni keltirmoqda “Darakchi” muxbiri.

Joriy yilda tadbirkorlarning elektr energiyasi bilan bog`liq muammolarni hal qilishga 560 milliard so`m ajratilgan. Bunga yana qo`shimcha 300 milliard so`m ssuda mablag`lari ajratiladi.

Bundan tashqari, mutasaddilarga bir oy muddatda muammosi mavjud sanoat zonalarini xatlovdan o`tkazib, elektr ta`minotini yaxshilash bo`yicha ishlarini boshlash bo`yicha topshiriq berildi.

Yig`ilish bilan bog`liq boshqa yangiliklar:

Qashqadaryo va Navoiy viloyatining qator rahbarlari ishdan ketdi, ba`zilariga ogohlantirish berildi

Yana beshta tuman hokimlari, prokuror, IIB va Soliq rahbarlari qat`iy ogohlantirildi

Ba`zi hududlar er uchastkalarining boshlang`ich narxlari 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo`yiladi

 

    Boshqa yangiliklar