AsosiyJamiyat

Prezident Markaziy bank raisiga yana bir vazifasini topshirdi

'Prezident Markaziy bank raisiga yana bir vazifasini topshirdi'ning rasmi

Prezident boshchiligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida joriy yilda xizmat ko`rsatish sohasiga 1 trillion so`m yo`naltirilishi qayd etildi.

Ma`lum qilinishicha, pandemiya davrida xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish uchun 1 trillion so`m ajratilgani hisobidan, 20 mingta yangi ish o`rinlari yaratildi.

Shu bois yig`ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Markaziy bank raisi Nurmuratovga viloyat hokimlari tijorat banklari rahbarlari bilan birga, joriy yilda oilaviy tadbirkorlikka ajratilayotgan mablag`larning kamida 1 trillion so`mini xizmat ko`rsatish sohasidagi yangi loyihalarga yo`naltirish vazifasi berildi.

Shuningdek, joriy yilda Andijon tajribasi asosida, kreditlarning 70 foizini kafolatli ish o`rni yaratadigan kichik biznes loyihalariga ajratiladi.

Yig`ilish bilan bog`liq boshqa yangiliklar:

Qashqadaryo va Navoiy viloyatining qator rahbarlari ishdan ketdi, ba`zilariga ogohlantirish berildi

Yana beshta tuman hokimlari, prokuror, IIB va Soliq rahbarlari qat`iy ogohlantirildi

Ba`zi hududlar er uchastkalarining boshlang`ich narxlari 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo`yiladi

Joriy yilda tadbirkorlarda energiya ta`minoti va boshqa infratuzilma bilan bog`liq muammolar bo`lmasligi kerak — Prezident

Intizomli tadbirkorlarga soliqlarning 50 foizini bo`lib-bo`lib to`lash huquqi beriladi — Shavkat Mirziyoev

    Boshqa yangiliklar