1

Turkiya: Xavfsiz turizmga yanada ishonch ortmoqda

Dunyo 09.04.2021, 12:47
Teglar: Turkiya, Xavfsiz turizm
Turkiya: Xavfsiz turizmga yanada ishonch ortmoqda

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi va Turizmni targ`ib qilish va rivojlantirish agentligi (TGA) bilan birgalikta Turkiyadagi turizm sohasida ishlovchi xodimlarni to`liq emlash ishlarini boshladi. Emlash dasturi doirasida birinchi navbatda aviakompaniyalar va aeroport xodimlari, turar joy binolari, sayyohlik agentliklari xodimlari hamda professional gidlar emlanadi. Butun sayyohlik sohasida ishlovchi xodimlarni emlash ishlari, joriy yilning yoz mavsumigacha yakunlanadi. «Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturi» doirasida Emlash dasturi yaqinlashib kelayotgan yoz mavsumi uchun xalqaro sayohatchilarni kutib olish va turizm xodimlari va aholi salomatligi va xavfsizligini ta`minlashni maqsad qilgan.

2020 yil iyun oyida «Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturi» ishga tushirilgandan buyon Turkiya sog`liq va xavfsizlik bo`yicha qat`iy ko`rsatmalarga amal qilmoqda va xavfsizlikni ta`minlash uchun barcha chora-tadbirlarini ko`rmoqda. Mavsum ochilishidan oldin Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mamlakatdagi turizm xizmatlarining yil davomida ochiq qolishini ta`minlash maqsadida turizm sohasi xodimlarini emlash dasturiga kiritish ishlari boshlandi. Emlash dasturi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikta amalga oshiriladi. Turizm xodimlarini emlash dasturi ustuvor yo`nalishlarga muvofiq va «Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturi» doirasida boshlandi.

COVID-19ga qarshi kurashish va dunyoning eng xavfsiz joylaridan biri sifatida o`z mavqeini yanada oshirish bo`yicha davomli sa`y-harakatlar doirasida, Turkiya, dunyodagi birinchi va eng muvaffaqiyatli misollardan biri bo`lgan «Xavfsiz turizmni sertifikatlashtirish dasturiga» investisiya kiritishda davom etmoqda. Mamlakat sertifikatlash ko`lamini kengaytirib, 30 yoki undan ortiq xonalarga ega bo`lgan mexmonxonalar uchun ushbu dasturni majburiy qildi. Hozirgi kunga qadar 8000 dan ortiq ob`ektlar sertifikatlangan.

Mamlakat turistik sayohatlarda V shaklidagi tiklanishni kutayotganligi sababli, emlash uchun turizm ishchi kuchi birinchi o`ringa qo`yilgan. Turkiya 2021da sog`lom va xavfsiz sayyohlik joylari bo`lishiga ishonch hosil qilish uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqda va xalqaro sayohatchilar uchun xavfsiz sayohat variant sifatida eng yaxshi tanlovlardan biri bo`lmoqchi.

Turkiya haqida

O`rta Er dengizida joylashgan, Osiyo va Evropa qit`alarini Bosfor bo`g`ozi orqali birlashtiradigan Turkiya tengi yo`q manzil, madaniy aloqalarning markazidir. O`zining yoqimli iqlimidan tashqari, asrlar davomida paydo bo`lgan sivilizasiyalar xilma-xilligini aks ettiruvchi tarixi, tabiati va gastronomiyasi bilan ham tashrif buyuruvchilarni hayratga soladi. Har xil madaniyatlar chorrahasida joylashgan Turkiya, an`anaviy va zamonaviylikning sintezi bo`lgan san`at va moda haqida o`ziga xos tushunchalarga ega, juda dinamik bo`lgan savdo va ko`ngilochar hayot tarzi bilan butun dunyodan sayyohlarni o`ziga jalb qila oladi.

Turkiya Turizmni targ`ib qilish va rivojantirish agentligi (TGA) haqida

TGA Turkiyaning ichki va xalqaro turizm sohasidagi taniqli yo`nalish bo`lishini ta`minlash, uning madaniy, ma`rifiy, tabiiy, biologik va tarixiy merosini targ`ib qilish hamda milliy iqtisodiyotda  qisqa yoki uzoq muddatli turistik investisiyalar ulushini oshirish va turizm sohasida xizmat ko`rsatishni yanada yaxshilash bilan shug`ullanadi. Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo`yicha, TGA Turkiyaning  o`z turistik maqsadlariga erishishga yordam berish uchun barcha reklama, marketing va kommunikasiya ishlarini olib borish, butun dunyo bo`ylab mavjud turistik resurslarni targ`ib qilish  va sotish hamda turizm strategiyalari va siyosatlariga muvofiq potensial turistik resurslarni rivojlantirish uchun javobgardir.

«Xavfsiz turizm sertifikati dasturi» haqida

Turkiya 2020 yilgi sayyohlik mavsumi uchun «Xavfsiz turizm sertifikati dasturi»ni amalga oshirdi. Sohaning asosiy ishtirokchilari tomonidan tezkor ravishda qabul qilingan ushbu dastur sog`liqni saqlash, oziq-ovqat va ichimliklar, transport va turar joylarni o`z ichiga olgan va boshqa ko`plab sohaga tegishli muassasalar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo`lgan bir qator tadbirlarni ham mahalliy aholi ham xorijiy mehmonlar uchun belgilab berdi.

Sharhlar

Endi Turkiyani suv bosmoqda (video)

01.05.2024, 16:06

Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.“Yo`llar...
Erdo`g`an Iroq bilan munosabatlarda burilish nuqtasi borligini ma`lum qildi

22.04.2024, 20:57

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi va uning doirasida imzolangan kelishuvlar Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo`lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda davlat rahbari Iroq...
Turkiyadagi o`zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

21.04.2024, 15:36

Turkiya hududida bo`lgan o`zbekistonliklar ogohlikka  chaqirildi. Bu haqda Istanbul Boshkonsulxonasi xabar berdi. Xabar berilishicha, Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarlikning navbatdagi turlaridan biri:onlayn savdo orqali bergan buyurtmani...
Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

01.04.2024, 09:13

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1