GOBankingRates moliyaviy portalining reytingi bo`yicha, O`zbekiston yashash uchun qulay va arzon bo`lgan 112 mamlakat orasidan 69-o`rinni egalladi, deya xabar berdi “Uz24” nashri.
Ekspertlar ro`yxat tuzayotganda Nyu-Yorkdagi yashash sharoiti bilan boshqa mamlakatlardagi yashash sharoitini taqqoslab ko`rishdi. Analitiklar aholining xarid qilish qobiliyati, uylarning ijarasi, oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, restoran, kommunal to`lovlar, transport va boshqalarni hisobga olishdi.
Eng qimmat mamlakatlar ro`yxatiga Bermud oroli, Bagam oroli, Gonkong, Shveysariya va Gana mamlakatlari kiritildi.