AsosiyJamiyat

Toshkent metropolitenida vagon ochiq eshik bilan harakatlangani aks etgan video yuzasidan izoh berildi

'Toshkent metropolitenida vagon ochiq eshik bilan harakatlangani aks etgan video yuzasidan izoh berildi'ning rasmi

Toshkent shahrida 9 aprel kuni metropolitenning Chilonzor yo`nalishidagi «Pushkin» va «Buyuk ipak yo`li» bekatlari oralig`ida metro vagoni eshigini yopmay harakatlandi. «O`zbekiston temir yo`llari» holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 9 aprel kuni soat 18:40 da «Pushkin» va «Buyuk Ipak yo`li» bekatlari oralig`ida bu holat sodir bo`lgan. Poezd «Buyuk Ipak yo`li» bekatga etib kelganda, bu nosozlik tuzatilgan va odatdagidek ishlashni davom ettirgan.

Ta`kidlanishicha, vagon eshiklari avtomatik yopilish tizimiga ega. Metropolitenning harakatlanuvchi tarkibining har birida lokomotiv eshiklar signalizasiyasi mavjud va ular eshikni ochiq holatda harakatlanishiga to`sqinlik qiladi. Shuningdek, biror buyumning mexanizmga tushib ketishi oqibatida eshik yopilmay qolishi mumkinligi ma`lum qilingan.

«‘Toshkent metropoliteni’ unitar korxonasi favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, yo`lovchilardan maxsus yo`lovchi-haydovchi aloqasi yordamida poezd haydovchisiga xabar berishlarini iltimos qiladi», deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar