Qishloq xo`jaligi vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Asamov Anvar Damirovich – O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Ma`lumot o`rnida:
Anvar Asamov 1976 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tugallagan.
Anvar Asamov O`zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo`mitasida bojxona statistikasi va tahlil markazi boshlig`i o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti, O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vaziri o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.






