AsosiyJamiyat

"Navro`z" binosi poydevori 27 sm.ga qiyshaygan — Qurilish vazirligi

'"Navro`z" binosi poydevori 27 sm.ga qiyshaygan — Qurilish vazirligi'ning rasmi

"Navro`z" binosi poydevori ostiga uzoq yillar davomida namlik o`tganligi sababli 27 smga qiyshaygan. Bu haqda Qurilish vazirligi xabar bermoqda. 

Mamlakatimiz hududi seysmik faol zonalarda joylashganligi sababli seysmik xavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfsizligini hamda bino, inshootlarning seysmik mustahkamligini ta`minlash katta ahamiyat kasb etadi.

Bino va inshootlarning mavjudlik davri mobaynida innovasion texnologiyalarni qo`llash orqali:

  • Xavfsizligini, konstruktiv mustahkamligi, barqarorligi va ishonchliligi;
  • seysmik xavfsizligi va mustahkamligi;
  • foydalanish davrida yong`in xavfsizligi;
  • salomatlik va atrof-muhit muhofazasini;
  • imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini;
  • energiya tejamkorligini oshirishni ta`minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko`rilmoqda.

Toshkent shahrining qiyofasini zamonaviy, ilg`or shaharsozlik va arxitektura talablariga hamda dunyoning rivojlangan davlatlari standartlariga mos bo`lgan yangi innovasion texnologiya va echimlar, shuningdek, shaharsozlik yutuqlarini qo`llash orqali ko`p turdagi binolar qurilmoqda va rekonstruksiya qilinmoqda. Jumladan, "Navro`z" kompleksini ham zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablari asosida rekonstruksiya qilish maqsadida batafsil texnik ko`rikdan o`tkazilgan.

"Navro`z" kompleksi 1980 yillarda o`sha davrning texnik reglamentlari, shaharsozlik talablari hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilgan.

Texnik ko`rik natijalariga ko`ra:

  • bino poydevori ostiga uzoq yillar davomida namlik o`tganligi sababli 27 smga qiyshaygan;
  • asosiy yuk ko`taruvchi konstruksiyalarning mavjud holati ularda katta hajmdagi kuchaytirish ishlarini amalga oshirishni taqazo qiladi;
  • yong`in xavfsizligini ta`minlash va energiya tejamkorligini oshirish choralarini ko`rish talab qilinadi.

Qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish hisob-kitoblarga ko`ra katta mablag`larni talab qilmoqda va iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq emasligi ko`rindi.

Shu sababli:

  • aholi xavfsizligi;
  • konstruktiv mustahkamligi va barqarorligi;
  • seysmik xavfsizligi va mustahkamligi;
  • yong`in xavfsizligi;
  • salomatlik va atrof-muhit muhofazasini;
  • imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini hisobga olgan holda

"Navro`z" kompleksi o`rnida barcha texnik va zamonaviy qurilish talablariga javob beradigan yangi inshoot ya`ni kutubxona barpo etilishi maqsadga muvofiqligi to`g`risida qaror qabul qilindi. Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki oxirgi yillarda "Navro`z" majmuasi texnik jihatdan talabga javob bermaganligi inobatga olinib, faoliyati to`xtatilgan edi.

Boshqa yangiliklar