1

Favqulotda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi

Jamiyat 10.04.2021, 23:36
Teglar: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Favqulotda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi

Joriy yilning 09 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida «Amir Temur: tarixi, saboqlari va hozirgi zamon» mavzusida anjuman o`tkazildi.

Tadbirni Akademiya boshlig`ining o`rinbosari polkovnik Abduazim Axmadxodjaev kirish so`zi bilan ochib berdi. Co`zga chiqqanlar, Sohibqiron nafaqat o`z davridagi eng qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma`naviyat homiysi, balki osiyo va evropa qit`alarida ro`y bergan tarixiy o`zgarishlarga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatib, dunyo rivojiga beqiyos hissa qo`shgan shaxs ekanligini, biz hazrat Amir Temurni buyuk bunyodkor deb boshimizga ko`tarib, ro`yi zaminning sayqali bo`lmish Samarqandda, Shahrisabz, Buxoro, Toshkent va Sohibqiron qurgan bepoyon saltanatning boshqa hududlarida bunyod etilgan nodir me`moriy obidalar, tengsiz bog`u-rog`lar Temurbek bobomizga xos amaliy shijoat samarasi ekanligini, shu bilan birga, betakror faoliyatining asosiy ma`nosi – «Vatan ozodligi, vatanga muhabbat» degan oliy qadriyatlardan iborat bo`lib, Sohibqiron bobomizning ruhiyati istiqlol va hurlik, erkinlik g`oyalari bilan tabiiy va go`zal bir ravishda uyg`unlashib ketganligini, u hatto umrining so`nggi onlarida ham zurriyodlariga qarata «Istiqlol bilan mulku millat, lashkar va ra`iyatni boshqaringiz» deb vasiyat qilganligini, bu vasiyat aynan bizlar uchun – buyuk sohibqironning bugungi kun avlodlari uchun aytilgani, yoshlar, yurtimizning aziz farzandlari bobomizning bizlarga qarata aytgan – «Biz kimmiz, qanday ulug` zotlarning zurriyodimiz, bizning ildizlarimiz naqadar chuqur», degan mazmundagi, bugun ham katta ma`no va hayotbaxsh kuchga ega ekanligini alohida ta`kidladilar.

— Bugungi tadbir, Buyuk sarkarda bobokalonimizning hayoti, harbiy-siyosiy faoliyati, jangovar san`ati, vatanparvarlik, xalqparvarlik, mardlik va jasorat fazilatlari kursantlarda yanada shijoatli havas va hayrat uyg`otdi deydi — Akademiya katta o`qituvchisi Farhodjon Xojaev — Albatta Akademiya kursantlari ham Sohibqiron Amir Temur bobomizga munosib avlod bo`lishga, mard, jasur, yurtni chin dildan suyadigan inson bo`lishga, g`urur va iftixorga undaydigan ma`naviy-ma`rifiy ahamiyatga ega bo`lgan tadbirlardan biri bo`ldi. 

Tadbir davomida Akademiya kursantlari tomonidan o`zbek, rus, ingliz tillarida Buyuk sarkarda bobomiz ijodlaridan keltirilgan namunalar, ayniqsa, usha davrni aks ettiruvchi liboslardagi badiiy sahnalashtirilgan spektakl namoyishi tadbir qatnashchilarida iliq taassurotlar qoldirdi.

Tadbir yakunida, mazmunli, sermulohazali, bahs-munoazarlarga boy hamda yanada ko`proq mutoalaa qilishga undaydigan taqdimot ma`ruzalari faol qatnashgan mehmonlarga Akademiya rahbariyatining tashakkurnoma va faxriy yorliqlari topshirildi. 

Shuni alohida ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida»gi farmoniga muvofiq, buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o`rnak bo`lib xizmat qilishini inobatga olgan holda, respublikamizning barcha harbiy akademik liseylariga «Temurbeklar maktabi» nomi berilishi, shuningdek, muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 28 iyundagi «O`smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-4375-son qarori asosida, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Temurbeklar maktabi» ochilganiham shu sohada olib borilayotgan islohotlarning uzviy qismidir.

Sharhlar

Guliston davlat universitetining talabalar yotoqxonasida yong`in chiqdimi? Viloyat FVB aniqlik kiritdi

16.10.2021, 08:53

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston davlat universitetining talabalar turar joyida yong`in yuzaga kelganligi aytilmoqda Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati holatga aniqlik kiritdi.Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 15 oktyabr...
“Qamchiq”da “Spark” avtomobili suv o`tkazuvchi inshootga tushib ketdi

13.10.2021, 17:50

Joriy yilning 12 oktyabr kuni soat 18:30 larda “Qamchiq” dovonining 240 km. da “Toshkent-Vodiy” yo`nalishida harakatlangan “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`l tagidan suv...
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

11.12.2019, 09:00

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O`zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoni bilan 2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat...
FVV Samarqandda 9 yoshli bolaning hayotini qutqarib qoldi

29.11.2019, 15:31

2019 yilning 28 noyabr kuni soat 21:00 da Samarqand viloyati Samarqand shahri Sug`diyona mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.M. viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga qo`ng`iroq...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1