Joriy yilning 10 aprel kuni O`zbekiston va Qozog`iston davlatlarini bog`lovchi chegara hududda (“G`ishtko`prik” – “Jіbek jol”) “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markaziga tamal toshi qo`yish marosimi o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Askar Mamin ishtirok etdi.
“Markaziy Osiyo” xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi ushbu loyihalarning amaldagi ifodasidir.
Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan ushbu loyiha nafaqat ikki tomon uchun samarali bo`ladi, balki mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga ham qo`shimcha turtki beradi.
Qozog`istonga tashrif doirasida Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan o`zaro fikr almashish va ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari delegasiyalari ishtirokida ishchi yig`ilishi ham o`tkazildi.
Yig`ilishda qardosh xalqlarimiz manfaatlari yo`lida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, qishloq xo`jaligi va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirishning maqbul yo`llari atroflicha muhokama qilindi.