O`zbekistondagi maktablarda 2020/2021 o`quv yili yakunida o`quvchilar qaysi fanlardan imtihon topshirishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Xalq ta`limi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, umumiy o`rta ta`lim muassasalarida 2020/2021 o`quv yili yakunida o`quvchilar quyidagi fanlardan imtihonlar topshiradi:
- 5-sinfda 2 ta fandan: matematika, chet tili;
- 6-sinfda 2 ta fandan: tarix, biologiya (botanika);
- 7-sinfda 2 ta fandan: ona tili va adabiyot hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida o`zbek tili/rus tili, informatika va axborot texnologiyalari, matematika, chet tili fanlaridan 1 tasi tanlanadi);
- 8-sinfda 2 ta fandan: chet tili hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida davlat va huquq asoslari, informatika va axborot texnologiyalari, matematika fanlaridan 1 tasi tanlanadi);
- 9-sinfda 7 ta fandan: ona tili va adabiyot, o`zbek tili/rus tili (ta`lim o`zbek tilidagi maktablar uchun rus tili, ta`lim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun o`zbek tili), matematika, biologiya, tarix, jismoniy tarbiya hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida informatika va axborot texnologiyalari, chet tili fanlaridan 1 tasi tanlanadi);
Ma`lum qilinishicha, 10-sinfda 3 ta fandan: informatika va axborot texnologiyalari, tarix hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida kimyo, biologiya, matematika, geografiya fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda, variativ o`quv reja asosida ta`lim olgan o`quvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi);
Shuningdek, 11-sinfda 5 ta fandan: ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, o`zbek tili/rus tili hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda variativ o`quv reja asosida ta`lim olgan o`quvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi).