AsosiyDunyo

Nigeriyalik qaroqchilar Rossiya fuqarosini garovga oldi

Nigeriya qaroqchilari neft konlarining “Burbon” nomli fransuz kompaniyasiga tegishli yordamchi kemasi ekipaji a`zolarini garovga oldi, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Ekipaj halokat signalini berishga ulgurgan. Nigeriya harbiy dengizchilari tomonidan o`tkazilgan qutqaruv operasiyasi natijasida ekipaj a`zolarining kata qismi qaroqchilar qo`lidan ozod etilgan. Biroq qaroqchilar ikki kishini — Rossiya va Nigeriya fuqarolarini o`zlari bilan olib ketishga muvaffaq bo`lgan. Asirga olingan odam rossiyalik fuqaro, murmansklik Ivan Rudniy ekanligi haqida ma`lumotlar bor. Rossiya elchixonasi hozir ushbu faktni tekshirmoqda.

Oxirgi bir necha kun mobaynida Nigeriya harbiy dengizchilari ikkinchi bor qutqaruv operasiyasini o`tkazdilar. O`tgan shanba kuni ular qaroqchilar tomonidan qo`lga olingan tankerni qutqargan edi. O`shanda ham qaroqchilar ikki kishini — Hindiston va Pokiston fuqarolarini asirga olishgan.

    Boshqa yangiliklar