Qamchiq dovonida 14 aprel, chorshanba kuni haydovchi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, holat 14 aprel kuni soat 07:00 da A-373 Toshkent–O`sh avtomobil yo`lining 244-kilometrida sodir bo`lgan. Vodiy–Toshkent yo`nalishida harakatlanib ketayotgan «Volvo» rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi xandakka tushib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q.
Qayd etilishicha, voqea joyiga Qamchiq maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari etib borib, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda yuk avtomashinasini tiklashda amaliy yordam ko`rsatgan.