AsosiyJamiyat

Farg`onada “Mersedes Benz” avtomashinasi urib yuborgan qiz shifoxonada vafot etdi

'Farg`onada “Mersedes Benz” avtomashinasi urib yuborgan qiz shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

13 aprel kuni fuqaro R.Sh. “Mersedes Bens” rusumli  yuk avtomashinasini Oltiariq tumani Tolko`cha MFY hududida boshqarib ketayotib, yo`lni qatnov qismini piyoda kesib o`tayotgan voyaga etmagan A.G. ismli qizni urib yuborishi oqibatida tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

"Hurmatli haydovchilar!

Yo`l harakati qoidalariga amal qiling.Yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o`zingiz va boshqalar sog`lig`iga shikast etkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang",–deyiladi viloyat IIB xabarida.

Boshqa yangiliklar