AsosiyDunyo

AQShda bir vaqtning o`zida bir nechta kuchli tornado bo`lib o`tdi

AQShning janubida bir paytning o`zida bir nechta kuchli tornado bo`lib o`tdi, buning oqibatida asosan Luizana va Missisipi shtatlari talofot ko`rdi. 

Tabiiy ofat oqibatida 3 kishi halok bo`lgan, 30 kishi tan jarohati olgan, 7 kishi og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, deya xabar berdi “Eeuronews” nashri. 

Ko`p uylar vayron bo`lgan, 30 ming aholi elektr quvvatisiz qolgan. Shamolning tezligi soatiga 300 kilometrni tashkil etgan. Dahshatli dovul daraxtlarni ildizi bilan sug`urib olgan, avtomashinalarni ag`darib, uylarning tomini uchirgan, elektr simlarini uzib yuborgan. 

Tornado AQSh da oddiy hol bo`lsa-da, hamon odamlarni o`zining dahshati bilan qo`rquvga solib kelmoqdi. Uning qachon bo`lishini oldindan bashorat qilib bo`lmaydi, quyun bir necha daqiqada hamma joyni vayron qilish xususiyatiga ega.

    Boshqa yangiliklar