AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, yangi departament tashkil etildi

'O`zbekistonda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, yangi departament tashkil etildi'ning rasmi

“Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 maydan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib,  uning qimmatli qog`ozlar bozorini tartibga solish bo`yicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o`tkaziladi.

Shunga ko`ra, Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida bir qator vazifalar yuklatildi.  

Vazirlik qimmatli qog`ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.  

Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

Departamentning o`z faoliyatini bevosita hududlarda olib boradigan xodimlari mehnatga haq to`lash shartlari bo`yicha Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar