AsosiyDunyo

Nepalda samolyot halokatga uchragan joydan 19 ta jasad topildi

 Nepal g`arbida samolyot halokatga uchragan joydan 19 kishining jasadi topildi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.

Halok bo`lganlarni qidirish operasiyasi kecha kechqurun noqulay ob-havo sharoiti tufayli to`xtatilgan edi.  Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo`lganlarning barchasi halok bo`lgan. 

Tara Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot 24 fevral kuni halokatga uchragan edi.  U Pokxaradan Joms shahriga parvozni amalga oshirayotgan edi.

Aviahalokatdan biroz muddat o`tgach, samolyot qoldiqlari topilgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar