Bu haqda ayni paytda bo`lib o`tayotgan Samarqand viloyati Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida davlat rahbari ma`lum qildi, deya yig`ilishdan maxsus xabar beryapti "Darakchi" muxbiri.
“Viloyat ma`muriy markazini Gulobod qo`rg`oniga ko`chiramiz, Samarqand faqat sayyohlar uchun maskan bo`ladi. Bu er bemalol sayyohlar yuradigan markaz bo`lishi kerak!"- Prezident so`zlarini keltirmoqda muxbirimiz.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, boshqaruv tizimini yaxshilash uchun Samarqand shahrida keyinchalik bosqichma bosqich 5 ta: So‘g‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand va Qorasuv - yangi tumanlar tashkil etiladi.
Tafsilotlar haqida yig`ilishda ishtirok etayotgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ma`lum qilib boradi.
"darakchi.uz"ni kuzatib boring!
Mavzuga doir:
Prezident Samarqandga nega kelganini ma`lum qildi.
Samarqandning yangi aeroporti sentyabr oyidan ishga tushadi, qatnovlar soni 10 baravarga oshiriladi