Joriy yilning 16 aprel kuni soat 10:35larda, Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani, Nurobod MFY hududidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining 832-kilometrida fuqaro J.Q.ga tegishli bo`lgan "ZIL-130" rusumli yuk avtomobilida yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositasiga zarar etgan.
️Mazkur hodisa yuzasidan Yangiyo`l tumani IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
"️Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lishlarini so`raymiz",–deyiladi YHXBB xabarida.