1

#Ramazon-2021 Ramazon so`zining ma`nosi va tarixini bilasizmi?

Jamiyat 17.04.2021, 04:26
#Ramazon-2021 Ramazon so`zining ma`nosi va tarixini bilasizmi?

Ramazon so`zini arablar qadimdan kelayotgan lug`atlaridan olganlar. Hijriy taqvimning to`qqizinchi oyi bo`lmish Ramazon ilk bor shiddatli jazirama issiq kunlariga, kuydiradigan haroratli kunlarga to`g`ri kelgani uchun “Ramazon” deb atalgan. Ramazon degani “ramz” so`zidan olingan bo`lib, “qizimoq”, “qizib cho`g` bo`lmoq”, “kuydirmoq” ma`nolaridadir. Jazirama issiqda qolgan qo`ylar kuyib, qorayib, o`lib qolar ekan.

Shuning uchun mazkur oyda ro`za tutgan odamning gunohlari kuyib, yo`q bo`ladi, aybu nuqsonlari Ramazonning savoblari jilolanib turgan muborak quyoshida o`lib ketadi, degan tushuncha paydo bo`lgan.

Ramazon ro`zasi Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlarining ikkinchi yilida Sha`bon oyidan ikki kecha o`tganidan so`ng dushanba kuni farz qilindi. Bu milodiy 623 yilning 7 fevraliga to`g`ri kelsa kerak, degan taxminlar bor.

Sha`bon oyi tugashi bilan Payg`ambar alayhissalom boshliq musulmonlar ilk Ramazon ro`zasini tuta boshladilar. Bu kunlar juda issiq edi. Aytganimizdek, Ramazon ham “juda issiq”, “kuydiradigan issiq” deganidir. Shoyad, Ramazonda ro`za tutganlarning gunohlari kuyib yo`q bo`lsa!

Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam 9 yil Ramazon ro`zasini tutganlar.

Manba: Muslim.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1