AsosiyJamiyat

Qurilish vaziri Botir Zokirov o`z oilasiga tegishliligi aytilayotgan "Trest-12” kompaniyasi bilan bog`liq xabarlarga munosabat bildirdi

'Qurilish vaziri Botir Zokirov o`z oilasiga tegishliligi aytilayotgan "Trest-12” kompaniyasi bilan bog`liq xabarlarga munosabat bildirdi'ning rasmi

Qurilish vaziri Botir Zokirov Samarqandda o`tkazilgan matbuot anjumanida aksiyadorlari orasida uning o`g`li va turmush o`rtog`i bo`lgan “Trest-12” kompaniyasi bir nechta davlat xaridlarini tendersiz qo`lga kiritgani haqidagi xabarlarga o`z munosabatini bildirdi. Bu haqda “Daryo” internet nashri xabar berdi. 

Qurilish vazirining ta`kidlashicha, “Trest-12” kompaniyasi uzoq yillik tarixga ega bo`lib, bunday tashkilot respublikada kam sonli hisoblanadi.

"Men o`zim bu tashkilotda 20 yildan ortiq vaqt davomida ishlaganman. Bu erda mening yaqinlarim, ustozlarim, 8-10 nafar sinfdoshlarim ham ishlagan. Bizda bitta tartib bor, ish vaqtida qarindoshchilik, tanish-bilishchilik degan gap yo`q. Hamma narsa qat`iyat bilan olib boriladi. Ish ish bilan. Do`stlik, qarindoshchilikning o`z joyi bor. Boshqachasiga ish yuritib bo`lmaydi. Men hozir bu tashkilotda ishlamayman. Adashmasam, 11 yil bo`ldi. Bugun ko`pchilik savol bermoqda. Nega bu tashkilot tendersiz qurilishlarni yutib olmoqda? Men bitta narsani aytishim kerak, tashkilotning 51 foiz aksiyasi davlat ulushi hisoblanadi va tashkilot to`liq davlat boshqaruvida. Men yoki mening oilamning umuman aloqasi yo`q",–degan Botir Zokirov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar