AsosiyJamiyat

Senat "temir daftar"ga kiritilmagan yosh bolali sirdaryolik ayol arzini nazoratga oldi

'Senat "temir daftar"ga kiritilmagan yosh bolali sirdaryolik ayol arzini nazoratga oldi'ning rasmi

2021 yil 15 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 5-Shirin mahallasidagi “Termiryo`lchilar” yotoqxonasida istiqomat qilayotgan Gulchinor Umrzoqovaning “temir daftar”ga kiritilmaganligi va yosh bolasi bilan qiyin ahvolda qolganligi aks ettirilgan xabar Internet tarmoqlarida keng tarqalmoqda.

Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olindi hamda senatorlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birga joyga chiqqan holda qonuniy ko`rib chiqiladi, deyiladi Axborot xizmati xabarida.

O`rganishlar natijalari yuzasidan batafsil ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar