1

Saharlikni kechiktirsa bo`ladimi?

Jamiyat 19.04.2021, 04:24
Saharlikni kechiktirsa bo`ladimi?

Saharlikni taqvimda ko`rsatilgan vaqtdan 10-15 minut o`tkazib qilsa bo`ladimi? Bunga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo ha`ati aniqlik kiritdi.

- Bismillahir Rohmanir Rohim. Yo`q, bo`lmaydi. Taqvimda ko`rsatilgan vaqtdan o`tkazmaslik kerak, iloji bo`lsa ehtiyotini olib, ko`rsatilgan vaqtdan 5-10 daqiqa oldin eb-ichishni to`xtatish zarur. Chunki tong otgandan keyin saharlik qilgan kishi ro`zani buzgan bo`ladi va Ramazondan keyin bir kun qazo tutib beradi.

Agar kishi o`yg`onganda saharlik qilishga vaqt qolmagan bo`lsa, hech narsa emay-ichmay, ro`za tutishni niyat qiladi. Saharlikdan quruq qolgan bo`lsa ham, ro`zasi durust bo`ladi. Ba`zilar saharlikdan kech qolgan bo`lsa ham, nimadir eb yoki ichib og`iz yopish kerak, deb xato qilishadi. Chunki saharlik qilish farz emas, buning ustiga saharlik vaqti o`tgandan keyin biror narsa eb yo ichib og`iz yopsa, o`sha kungi ro`zasini buzib qo`ygan bo`ladi. Natijada Ramazondagi bir kunlik ro`zaning savobidan mahrum bo`ladi. Bu savobni boshqa oylarda qancha ro`za tutsa ham topa olmaydi.Vallohu a`lam.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1