1

JQB xodimlari «gashish»chilarni qo`lga oldi

Jamiyat 19.04.2021, 08:40
JQB xodimlari «gashish»chilarni qo`lga oldi

Joriy yil 2 aprel kuni Namangan shahar IIO FMB JQB boshlig`i hamda tezkor vakili tomonidan Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan fuqaro Namangan shahar Sardoba mahallasida tadbir ishtirokchisiga 300.000 so`m pul evaziga o`tkir hidli, to`q jigarrang rangli moddani sotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko`ra, ushbu moddaning sof og`irligi 0,58 gramm bo`lgan «gashish» giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1