1

Xitoy-O`zbekistonning ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi koronavirusning yangi — "britaniya" va "braziliya" shtammlariga qarshi samarali ekanligi tasdiqlandi

Jamiyat 19.04.2021, 12:08
Xitoy-O`zbekistonning ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi koronavirusning yangi — "britaniya" va "braziliya" shtammlariga qarshi samarali ekanligi tasdiqlandi

10 dekabr kuni Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev tomonidan mamlakatda ZF-UZ-VAS2001 vaksinasining III faza klinik sinovlarining boshlanishiga start berilgan edi.

️Xitoydagi O`zbekiston elchixonasi yordamida O`zbekistonga Zhifei kompaniyasi tomonidan 6000 dona sinov vaksinasi (50% haqiqiy vaksina, 50 % plasebo), 12 ming dona PZR testlar, 8 ming dona antitanalarni aniqlovchi testlar xamda barcha ishlatiladigan yordamchi materiallar (shpris, niqob, ko`zoynak, krioprobirkalar va h.k) olib kelindi.

2020 yil 10-dekabrda respublikada koronavirusga qarshi Xitoyning Anhui Zhifei Longcom kompaniyasi vaksinasinig  uchinchi bosqichi sinovlari boshlandi.

Vaksina klinik tadqiqotlar guruhi tarkibiga 8 nafar Anhui Zhifei Longcom kompaniyasining xodimi, 30 nafar Ilg`or texnologiyalar markazining olimlari, 112 nafar sog`liqni saqlash xodimlari, 36 nafar Sall -markaz shifokorlari ishtirok etdi.  

️Tadqiqotlarning uchinchi bosqichi natijalariga ko`ra, vaksina yuqori samaradorlikni va yuqori darajadagi antitanalar ishlab chiqilishini ko`rsatdi. Bundan tashqari, 2021 yil fevral oyida o`tkazilgan sinovlar doirasida laboratoriya namunalari natijalariga ko`ra, vaksina koronavirusning "janubiy afrika" shtammiga qarshi aktiv neytral xolatini saqlab qoldi.

O`zbekistondagi klinik tadqiqotlar xalqaro klinik amaliyotda qo`llaniladigan huquqiy va axloqiy me`yorlarga muvofiq GSR (Good Clinical Practice –Tegishli Klinik Amaliyot) qoidalarini hisobga olgan holda o`tkazildi.

Nazorat guruhiga kiritilgan 150 nafar ko`ngillilarning 90 foizida ikkinchi dozadan so`ng qonda 4,55 Au / ml dan yuqori bo`lgan antitanachalar darajasi aniqlandi, bu koronavirusni zararsizlantirish uchun etarli hisoblanadi. Vaksinani koronavirusning yangi "britaniya" va "braziliya" shtammlariga qarshi samarali ekanligi ham tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1