1

Vaksina qabul qilgandan so`ng cho`milmaslik kerak. Bu qanchalik to`g`ri?

Jamiyat 19.04.2021, 12:34
Vaksina qabul qilgandan so`ng cho`milmaslik kerak. Bu qanchalik to`g`ri?

SSV Matbuot xizmatining COVID-19 bo`yicha savollariga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi.

—  Ayrimlar vaksina qabul qilgandan so`ng bir necha hafta cho`milmaslik, badanni sovuq suvga urmaslik zarurligini aytmoqda. Bu qanchalik to`g`ri?

— Vaksina olgandan keyin vaksina qilingan joyga 3 kun muddatda suv tekkizmaslik tavsiya qilinadi.  

Vaksina insonni elka mushagining orasiga yuborilishi, yuborilgan joyga umumiy cho`milgan vaqtda suv tegishi mumkin. Bahor faslida sovuq hamda issiq havo o`zgarib turadi. Havoning bunday o`zgarishi  inson organizmiga ta`sir ko`rsatadi, ayniqsa, cho`milgan odamlar organizmida sovqotish kabi holatlar kuzatiladi.  

Bu esa organizm uchun ortiqcha stress bo`lib, immun tizimiga ta`sir qilib emlangandan so`ng qo`shimcha shamollashlar paydo bo`lishini keltirib chiqarishi mumkin.  

Xulosa qilganda, emlashdan keyin imkon qadar immun tizimiga ta`sir qiluvchi odatlardan saqlanish va salomatligingizni himoya qilganingiz maqsadga muvofiq. Bu o`z o`rnida, koronavirusga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga yordam beradi.

— Hozirda koronavirusga chalingan fuqaro uy sharoitida izolyasiya holatida davolansa bo`ladimi yoki maxsus shifoxonalarga murojaat etishi kerakmi?

— Hozirda ham shifokorlarsiz mustaqil ravishda PZR-test topshirgan, uning natijasi ijobiy chiqqan, koronavirus kasalligini simptomlarsiz, engil va o`rta og`ir kechuvini o`tkazayotgan bemorlar uy sharoitida izolyasiya holatida davolanishlari mumkin. Bu kabi bemorlar, albatta, oilaviy poliklinikaga murojaat etishlari shart. Uy sharoitidagi ambulator davo-choralari oilaviy shifokor nazoratida o`tkazilishi kerak. Bu davolash choralari mavjud standartlarga asoslangan xolda olib borilishi va kasallik  og`ir darajaga o`tib ketishining oldini olish imkonini beradi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1