AsosiyJamiyat

Buxoroda fermerlarga ajratilgan dizel yoqilg`isi talon-toroj qilindi

'Buxoroda fermerlarga ajratilgan dizel yoqilg`isi talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi 9-sonli fermerlarga yoqilg`i tarqatish shahobchasi moddiy javobgar shaxslari o`zlari xizmat ko`rsatuvchi “D.” va boshqa fermer xo`jaliklari uchun “Buxoroneftbazasi” MChJ tomonidan ajratilgan umumiy qiymati 143,8 mln so`mlik 20,7 ming litr dizel yoqilg`isini hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar