1

100 dan ortiq o`zbekistonlik ishlash uchun Qozog`istonga jo`natildi

Jamiyat 19.04.2021, 14:30
100 dan ortiq o`zbekistonlik ishlash uchun Qozog`istonga jo`natildi

Yurtdoshlarimizni xorijda bandligini ta`minlash maqsadida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan ko`plab salohiyatli ish beruvchi kompaniyalar va vakolatli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi  ma`lum qildi.

Ushbu muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq chet elda ishlash istagida bo`lgan yurtdoshlarimiz qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish kabi sohalariga ishga jalb etilmoqda.

Yaqinda Qoraqalpog`iston Respublikasidan 118 nafar fuqaro “Dovud ota” chegara posti orqali yirik qurilish ob`ektlarida belgilangan epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozog`iston Respublikasining Aqtau shahriga tashkillashtirilgan holda jo`nab ketdi.

Fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam ko`rsatishga yo`naltirilgan tarqatma materiallar berildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1