Prezidentni ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilgan jizzaxlik erkakka jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 1969 yil Baxmal tumanida tug`ilgan fuqaro V.K. internetning YouTube va Facebook tarmoqlarida «V.K.» (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda to`g`ridan-to`g`ri chiqishlar qilgan. O`z chiqishlarida Prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni jamoatchilikka noto`g`ri talqin qilgan.
Shuningdek, Prezidentni internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarining obro`siga putur etkazuvchi va kamsituvchi ma`lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






