1

Namanganda ikkinchi yangi tuman tashkil qilinmoqda

Jamiyat 19.04.2021, 15:45
Teglar: ​Namangan
Namanganda ikkinchi yangi tuman tashkil qilinmoqda

Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig`ilishida deputatlar tegishli masalani kun tartibiga kiritishni muhokama qildi.

Namangan shahri 1926 yilda tashkil etilgan bo`lib, bugungi kunda uning aholisi 640,1 ming nafarni, umumiy er maydoni 18 ming gektarni tashkil etadi. 2019 yilda Chortoq va Namangan tumanlaridan 57 ming nafar aholi istiqomat qiluvchi hududlar hamda 6,3 ming gektar er maydonlari qo`shilganligi sababli, ushbu hududda yashovchi aholining shahar markaziga qatnovida muammolar yuzaga kelayotgan edi.

Qayd etilishicha, xizmat ko`rsatuvchi tibbiyot muassasalari shahar markazidan 15-20 km uzoqlikda joylashganligi, sanoat korxonalarining kamligi ushbu hududda yashovchi aholining haqli e`tirozlariga sabab bo`lib kelmoqda.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2021 yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida aholi uchun ijtimoiy va maishiy qulayliklar yaratish, aholi bandligini ta`minlash, Namangan shahri hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Namangan shahar bo`ysunuvida Yangi Namangan tumanini tashkil etish taklifini kiritgan edi.

Ushbu taklif xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining hamda Namangan viloyati Kengashining qarorlari bilan ma`qullangan.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, Namangan shahrida joylashgan 79 ta mahalladan 24 tasi, 70 ta maktabgacha ta`lim muassasasidan 40 tasi, 85 ta umumta`lim maktabidan 21 tasi, 6 ta oilaviy poliklinikadan 2 tasi va 52 ta kasalxonaning 12 tasi Yangi Namangan tumani tarkibiga o`tkazilmoqda.

Yangi tuman tashkil qilinishi bilan sanoat va ishlab chiqarishdagi rolini oshirish bo`yicha yangi tuman hududida 16 ta sanoat korxonalari va 4 ta kichik sanoat zonasi barpo etiladi. Tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida 245 mlrd. so`mlik 62 ta loyihada 2600 ta yangi ish o`rinlari yaratish belgilanmoqda.

Parlament quyi palatasi Kengashi qaroriga binoan ushbu masala Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritiladigan bo`ldi.

Sharhlar

⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
Namanganda “Nexia-2” kanalga tushib ketdi (video)

04.01.2023, 12:40

Namangan viloyati Chortoq tumani "Ayqiron" MFY hududidan oqib o`tuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo`qotib, tushib ketdi. Bu haqda...
Namanganda "Lacetti" kelib urilgan "Vaz 2107" yonib ketdi. Vafot etganlar bor

27.08.2022, 13:25

Namanganda sodir bo`lgan YTH o`lim bilan yakunlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 03:45larda 4R-112 "Farg`ona...
Namangandagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohidan “Qur`oni Karim” kitobining qo`lyozma nusxasi o`g`irlab ketildi

15.08.2022, 17:33

2022 yilning 9 avgust kunidan 10 avgust kuniga o`tar kechasi  soat 00:04larda noma`lum shaxslar Chortoq tumani Baliqko`l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo`lgan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1