1

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 76 yilligi munosabati bilan qanday tadbirlar o`tkaziladi?

Jamiyat 19.04.2021, 16:49
Teglar: Ikkinchi jahon urushi
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 76 yilligi munosabati bilan qanday tadbirlar o`tkaziladi?

AOKAdagi brifingda Mudofaa vazirining madaniy ishlar bo`yicha maslahatchisi, «G`alaba bog`i» yodgorlik majmuasi boshlig`i, polkovnik Shuhrat Yusupov mavzu yuzasidan ma`lumot berdi:

 «Mudofaa vazirining «Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 76 yilligini munosib nishonlashga doir chora-tadbirlar to`g`risida»gi buyrug`i tasdiqlandi. Ushbu buyruqqa muvofiq, yoshlar o`rtasida o`zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi ijodiy ishlar tanlovi e`lon qilindi.

Ko`rik-tanlov Badiiy akademiya, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziriligi, Xalq ta`lim vazirligi, Fanlar akademiyasi San`atshunoslik instituti, «Hunarmand» uyushmasi bilan hamkorlikda o`tkaziladi va g`oliblar 9 may kuni e`lon qilinib, «G`alaba bog`i» yodgorlik majmuasida taqdirlanadi.

20 apreldan 20 mayiga qadar «Urush noming o`chsin jahonda!» mavzusida ijodiy ishlar ko`rgazmalari tashkil etiladi.

 Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti faxriylarining qahramonligiga oid ko`ngillilar tomonidan topshirilgan materiallar hamda «Shon-sharaf» davlat muzeyi fondida saqlanayotgan eksponatlar va ma`lumotlar asosida badiiy, ilmiy-ommabop «Xotiralardan o`rin olgan tarix» kitobi nashrga tayyorlanmoqda.

 Ikkinchi jahon urush jarayonlarini, urush qatnashchilari hamda front orti faxriylarining fidoyiligini aks ettiruvchi videlavhalar, qisqa metrajli filmlar va boshqa materiallardan tungi video-panorama shousi tashkillashtirish ustida ish olib borayapmiz.

Mudofaa vazirligi Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi, Tashqi ishlar vazirligi va tegishli idora, tashkilotlar bilan hamkorlikda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk G`alabaning 76 yilligi munosabati bilan «Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar» mavzusida 2021 yil 30 aprel sanasida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazish bo`yicha tayyorgarlik ko`rilmoqda».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1