AsosiyJamiyat

2025 yilga borib yuristlar faoliyatida eskicha shakl to`xtatiladi – ekspertlar

'2025 yilga borib yuristlar faoliyatida eskicha shakl to`xtatiladi – ekspertlar'ning rasmi

Rekruting kompaniyalari tahlilchilari va ekspertlarining fikriga ko`ra, 2025 yilga borib yuristlar boshqa bir qator kasblarning vakillari kabi o`zlarining avvalgi shaklida o`z faoliyatini to`xtatadilar. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida aytildi.

Britaniyalik tadqiqotchilarning “Huquqiy kasbning kelajagi” nomli hisobotida yuridik sohada faoliyat yuritayotgan har bir kishi duch keladigan to`rtta drayver borligi ta`kidlangan. Ulardan biri texnologik innovasiyalardir. Texnologik taraqqiyot yangi texnologiyalar, jumladan, «big data» (“katta ma`lumotlar”), onlayn-sudlov, qonun hujjatlari tahlili yaxshilanishi orqali huquqiy bozorga sezilarli ta`sir qiladi.

Bugungi kunda, IT-texnologiyalarning inson hayotida keng o`rin egallashi, globallashuvning kuchayishi va Internet jahon axborot tarmog`ining kengayishi huquq sohalariga ham bevosita ta`sir o`tkazayotganini, ushbu masalalarni huquqiy tartibga solish muhim ekanligini inobatga olib, II Xalqaro yuridik forumning bosh mavzusi “Huquq 4.0” (Huquq to`rtinchi sanoat inqilobi sharoitida) deb nomlandi.

Forumda davlatning huquqiy siyosati, davlat organlarining ochiqligini ta`minlash, LegalTech va LawTech (huquq texnologiyalari), umumiy (ingliz) huquqi tizimi, Kornovirus cheklovlari davrida mediasiya va arbitraj, intellektual mulk himoyasi, siyosatni amalga oshirish (policy implementation), sudlarning mustaqilligi, adolatliligi va xolisligini ta`minlash hamda boshqa dolzarb mavzularda muhokama sessiyalari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, forum davomida “Davlat xizmatlari sohasidagi ilg`or amaliyot”, “Raqamli muhitda huquqiy axborot tarqatish istiqbollari”, “Elektron notariat”, “Advokaturani rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyatini takomillashtirish” mavzularida davra suhbatlari bo`lib o`tadi. Shuningdek, “Ma`lumotlar va axborotni boshqarish” mavzusida master-klass bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar