AsosiyJamiyat

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida darslar onlayn shaklga o`tkazildi

'Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida darslar onlayn shaklga o`tkazildi'ning rasmi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida darslar onlayn shaklda davom etadi. Bu haqda universitet axborot xizmati ma`lum qildi:

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o`tgan hafta mobaynida ba`zi kam sonli talabalar orasidan koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Kasallikning talaba va o`qituvchilar orasida tarqalishini oldini olish maqsadida universitetda o`quv jarayoni 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o`tkazildi.

Mashg`ulotlar universitetning Moodle masofaviy ta`lim tizimi orqali davom etadi.

Karantin talablariga rioya qiling, salomatligingizni asrang!

 

    Boshqa yangiliklar