AsosiyJamiyat

7 mart kuni kimlar dam olishiga aniqlik kiritildi

O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi joriy yilning 5 mart dam olish kuni 7 mart sanasiga ko`chirilganiga izoh berdi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda

12 fevral kuni xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan “2016 yil 5 mart shanba dam olish kunini 2016 yil 7 mart dushanba kuniga ko`chirish” to`g`risidagi Prezident Qarori e`lon qilingan edi.   

Ma`lum bo`lishicha, dam olish kunining ko`chirilishi besh kunlik ish tartibiga ega tashkilotlarga amal qiladi. 

Haftasiga olti kun ishlaydigan tashkilotlar esa shtat tartibiga ko`ra ishlaydi. Ya`ni 5 mart shanba  va 7 mart dushanba kuni ular uchun ish kuni hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar