1

“Akademik harakatchanlik” va “Bo`lajak olim” tanlovlari tashkil etiladi

Jamiyat 19.04.2021, 19:48
“Akademik harakatchanlik” va “Bo`lajak olim” tanlovlari tashkil etiladi

 “Ilmiy va innovasion faoliyat bilan shug`ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra, 2021 yildan boshlab har yili kamida bir marta respublikada ilmiy va innovasion faoliyat bilan shug`ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar o`rtasida “Akademik harakatchanlik” va “Bo`lajak olim” tanlovi tashkil etiladi.  

“Bo`lajak olim” tanlovini tashkil etish va moliyalashtirish uchun har yili ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi doirasida ajratiladigan mablag`lar hisobidan 50 mlrd so`mdan kam bo`lmagan miqdorda mablag` ajratiladi.

Shuningdek, yoshlar uchun e`lon qilinadigan startap loyihalari tanlovi talablarining soddalashtirilgan tizimi ishlab chiqiladi.

Iqtidorli yoshlar xorijiy OTM va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovka o`tashga davriy ravishda, tanlov asosida, har yili kamida bir marotaba yuboriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1