1

Toshkent viloyatida sobiq eri hujum qilgan fuqaroning so`rovini IIB ham, tez yordam ham inobatga olmadi. Natijada...

Jamiyat 19.04.2021, 20:18
Toshkent viloyatida sobiq eri hujum qilgan fuqaroning so`rovini IIB ham, tez yordam ham inobatga olmadi. Natijada...

O`zbekiston Respublika Inson huquqlarini himoya qilish qo`mitasi Toshkent viloyati bo`limi (NNT) raisi S.Ergashevning Oliy Majlis Senati Raisi nomiga Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Beruniy” MFYda yashovchi fuqaro F.Eshmatovaning haq-huquqlari buzilganligi yuzasidan murojaati kelib tushdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Unda qayd etilganidek, 2021 yil 31 mart kuni fuqaro F.Eshmatova ishdan qaytayotgan vaqtida unga sobiq turmush o`rtog`i D.Eshmatov va uning sherigi Z.Eselboev hujum qilgan. Qolaversa, nomusiga tajovuz qilmoqchi bo`lgan va qimmatbaho taqinchoq buyumlari, telefon apparati hamda 500 AQSh dollarini talonchilik yo`li bilan olib qo`ygan.

Bundan tashqari, Quyichirchiq tumani IIB 102 shoshilinch raqamiga qo`ng`iroq qilganida mas`ul xodim kelmaganligi, keyin qishloqdagi do`kon egasi tez yordamga telefon qilib berganligini va tez yordam mashinasi etib kelib, u olgan tan jarohatlarini ko`rib-turib, shifoxonaga olib ketmaganini, ma`lum vaqt o`tganidan keyin uchastka profilaktika noziri kelib, jabrlanuvchidan ariza olganligini va ichki ishlar organlari ushbu voqea to`g`risida xabari bo`lsa-da, hech kim voqea joyiga kelib, unga yordam bermaganligini ma`lum qilgan. Shuningdek, fuqaro kechasi bilan ahvoli yomonlashganligi va ertasi kuni shifoxonaga borib, murojaat qilganligi hamda hozirgi vaqtda shifoxonada davolanayotganligini bayon etgan.

Shu kunga qadar qonunbuzarlarga nisbatan hech qanday choralar ko`rilmaganligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o`z vazifasini bajarmayotganligini ham ta`kidlagan.  

Shu jihatidan fuqaro F.Eshmatovaning murojaati ko`rib chiqilishi va natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi yuzasidan Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi nomidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sog`liqni saqlash vazirlariga senator so`rovi yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1